olamatchbot Ochish

Tanishuv bir tugmadan boshlanadi

Ola Match Telegram ichidagi tanishuv boti. Botda anketalarni ko'rasiz, Mini App'da esa yangi odamlar bilan video va ovoz orqali gaplashasiz. Alohida ilova yuklash shart emas.

Telegramda ochish

Faqat 18 yoshdan kattalar uchun

Video ruletkaNamuna
Video ruletkaTasodifiy suhbatdosh bilan video muloqot
Haqiqiy suhbatlar TelegramdaBu namuna edi. Davomi botda.Botni ochish
Gaplashgim bor
Salom! Qayerdansiz?Salom! Toshkentdan

Tugmani bosib ko'ring

Botda anketalarni ko'rasiz

Hammasi oddiy Telegram chatida, pastdagi tugmalar orqali.

  • O'z anketangiz

    Ism, yosh, shahar, qiziqishlar va rasm. Bir marta to'ldirasiz, keyin istalgan payt o'zgartirasiz.

  • Layk va o'zaro moslik

    Anketalarni birma-bir ko'rasiz. Ikkalangiz layk bossangiz, bot ikkovingizga darhol xabar beradi.

  • Menga kim layk bosdi

    Sizga kelgan layklar bitta bo'limda yig'iladi.

  • Profilni tasdiqlash

    Tasdiqdan o'tib, anketadagi odam haqiqatan o'zingiz ekaningizni ko'rsatasiz.

Mini App'da jonli gaplashasiz

Botdagi «Video suhbat» tugmasi Mini App'ni Telegramning o'zida ochadi.

Video ruletka

Tasodifiy odam bilan yuzma-yuz. Yoqmasa, «Keyingisi» tugmasini bosasiz. «Faqat qizlar» rejimi pullik.

Voice chat

Kamerasiz, guruh bo'lib suhbat. Tayyor xonaga kirasiz yoki o'z mavzungizda xona ochasiz.

Stream

Jonli efirlarni ko'rasiz, chatda yozasiz, sovg'a yuborasiz va efirchiga shart berasiz.

Profil

Bugungi kayfiyatingizni belgilaysiz, suhbatdosh uni ko'radi. 24 soatdan keyin o'chadi.

  • Telegramda davom etish

    Suhbat yoqsa, odamning kontaktini ochib, Telegramda yozishasiz.

  • Sovg'alar

    Suhbat paytida yoki efirda sovg'a yuborasiz.

  • Hisobim

    Balans, to'ldirish va harakatlar tarixi bir joyda.

  • Reyting

    Haftaning eng faol suhbatdoshlari va eng saxiylar ro'yxati.

  • Premium

    Kunlik bepul kontaktlar, «Faqat qizlar» daqiqalari va cheksiz anketa ko'rish.

  • Do'st taklif qilish

    Do'stlaringiz qo'shilsa, hisob to'ldirishda bonus olasiz.

Qanday boshlanadi

  1. Botni oching

    Tilni tanlang: o'zbek, rus yoki ingliz.

  2. Anketani to'ldiring

    Ism, yosh, shahar, qiziqishlar va rasm.

  3. Tugmani tanlang

    Anketalarni ko'rish uchun «Anketalar», Mini App uchun «Video suhbat».

Xavfsizlik

  • Faqat 18+

    18 yoshga to'lmaganlar ro'yxatdan o'ta olmaydi.

  • Shikoyat va bloklash

    Noxush odamni bloklaysiz, u sizga boshqa chiqmaydi. Shikoyatlar bo'yicha akkaunt bloklanadi.

  • Hisobni o'chirish

    Hisobni istalgan payt o'chirasiz: anketangiz, rasmlaringiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz o'chiriladi.

Ko'p so'raladigan savollar

Bot bepulmi?

Ro'yxatdan o'tish va oddiy video ruletka bepul. Anketalarni har kuni ma'lum limitgacha bepul ko'rasiz. «Faqat qizlar» rejimi, kontakt ochish, sovg'alar va Premium pullik.

Alohida ilova yuklash kerakmi?

Yo'q. Telegram bo'lsa yetarli: Mini App uning ichida ochiladi.

Kim foydalanishi mumkin?

Faqat 18 yoshdan kattalar. Ba'zi bo'limlar uchun profilni tasdiqlash so'ralishi mumkin.

Anketamni kim ko'radi?

Botning boshqa foydalanuvchilari. Anketada ismingiz, yoshingiz, shahringiz, rasmingiz va o'zingiz haqingizda yozganlaringiz bo'ladi.

Video suhbatlar saqlanadimi?

Yo'q, video va ovozli suhbatlar serverda saqlanmaydi. Suhbatdoshni yozib olish va tarqatish qoidalarda taqiqlangan.

Noxush odam chiqib qolsa-chi?

«Keyingisi» tugmasini bosing yoki uni bloklang, u sizga boshqa chiqmaydi. Qoidani buzgan bo'lsa, shikoyat yuboring.

Hisobimni qanday o'chiraman?

Mini App'da Profil bo'limini oching va «Hisobni o'chirish» ni tanlang. Anketa, rasmlar va shaxsiy ma'lumotlar o'chadi, to'lov yozuvlari hisob-kitob uchun qoladi.

Suhbatdoshingiz Telegramda

Telefonda ham, kompyuterda ham bitta tugma Telegramni ochadi.

Telegramda ochish

yoki Telegramda qidiring: @olamatchbot

Telegram ochilmoqda

Brauzer so'rasa, ruxsat bering. Ochilmasa, QR-kodni telefoningiz kamerasi bilan skanerlang yoki quyidagini tanlang.

Telegram Web'da ochisht.me/olamatchbot